Nasdaq va NYSE O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirishga yordam beradi

Amerikaning eng yirik birjalari Nasdaq va NYSE O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirishga va xalqaro darajaga chiqishga yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. AQShningeng yirik birjalari hisoblangan Nasdaq va NYSE O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirishda texnik yordam ko‘rsatishadi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasining Amerkaga bo‘lib safari vaqtida Nyu Yorkda Nasdaq raisi o‘rinbosari Meyer Frucher bilan va vitse-prezidenti Djoyel Kazis bilan muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

“Amerika birjasi vakillari fond bozorini kuzatish va o‘rganish bo‘yicha aqlli texnologiyalarni joriy qilishda va O‘zbekiston birjalarining texnologik potensialini rivojlantirishda yordam berishni va’da qilishdi”, - dedi TIV vakili.

Muzokaralar natijasida “Toshkent” fond birjasi va Nasdaq orazai o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatda o‘zbekiston kompaniyalariga xalqaro qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga chiqishiga yordam berish ham nazarda tutilgan.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Amerikaning eng eski birjalaridan biri bo‘lgan Nyu York fond birjasida (NYSE) ham bo‘lishdi. Ushbu birja vakillari ham O‘zbekeiston fond birjasini rivojlantirishda va O‘zbekiston kompaniyalari aksiyalarining amerika fond bozoriga chiqishiga yordam berishga tayyor ekanliklarini xabar qilishdi.