Angliyalik qiz Farg‘onaga kelin bo‘lib tushdi

Yangi kelinchak o‘zbekcha urf-odatlarini bir zumda o‘rganib oldi. Ko‘cha va hovlilarga suv sepib, supurib hamma yoqni orasta qilmoqda. Qolaversa, milliy taomlar tayyorlashni ham zukkolik bilan o‘rganib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Angliyalik qiz Farg‘onaga kelin bo‘lib tushdi. Bu haqda Facebook foydalanuvchisi ma’lum qildi.

Xabarda yozilishicha, to‘y Farg‘ona viloyati Eshonguzar qishlog‘ida katta tantana bilan o‘tkazilgan.

Farg‘onalik Muhayyo opaning o‘g‘li Nurulloxon turmush o‘rtog‘i bilan chet elda tanishishib, bir birlarini sinab, muhabbat rishtalari ila oila qurishgan.

“Jena Angliyada tug‘ilib o‘sgan bo‘lsada odob ahloqli, hayoli mehribon qiz bo‘lib chiqdi.Uning otasi Maykl va Kristinaxonim o‘zbek yigiting oq ko‘ngil, bilimdon, mehribon ekanligini ko‘rib u bilan yaqindan tanishib qizlari bilan turmush qurishiga rozi bo‘lishdi”, - deyiladi xabarda.

Angliyalik qiz Farg‘onaga kelin bo‘lib tushdi

Xabarda yangi kelinchak o‘zbekcha urf-odatlarini bir zumda o‘rganib olgani, ko‘cha va hovlilarni supurib, suv sepib, hamma yoqni orasta qilib, milliy taomlar tayyorlashni ham zukkolik bilan o‘rganib olgani qo‘shimcha qilingan.

Angliyalik kelinni qaynonasi Jena emas, Jannatxon deb erkalab chaqirayotgan ekan.