Janubiy Koreya Rossiyani havo hududini buzganlikda aybladi

Harbiylar bayonotiga ko‘ra, Janubiy Koreya HHK qiruvchilari trevoga bilan ko‘tarilgan va ogohlantiruvchi o‘qlar qo‘llanilgan
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Janubiy Koreya Qurollik kuchlari shtab rahbarlari birlashgan qo‘mitasi seshanba kuni ertalab ularning havo hududlari go‘yoki Rossiya Harbiy kosmik kuchlari samolyoti tomonidan buzilganligi haqida bayonot berdi.

Rossiya bombardimonchi sababli Yaponiya qiruvchi samolyotlari osmonga ko‘tarildi

Janubiy Koreya harbiylari axborotiga ko‘ra, Rossiya harbiy samolyoti ikki marta uch daqiqadan Yapon dengizi ustidagi havo hududida bo‘lgan. Bu haqda Renxap agentligi yozmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Harbiylar bayonotiga ko‘ra, Janubiy Koreya HHK qiruvchilari trevoga bilan ko‘tarilgan va ogohlantiruvchi o‘qlar qo‘llanilgan.

Sal oldin Rossiya Mudofaa vazirligi HKK samolyotlarining barcha parvozlari xalqaro qoidalarga qat’iy amal qilgan holda bajarilishi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.