Toshkentda “DAF” rusumli avtopritsep yonib ketdi

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. 2019-yil 22-iyul kuni soat 15:40da, Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasi 7-uyda joylashgan “Shoxrux” avtotransport korxonasining ta’mirlash boksida “DAF” rusumli avtopritsep (tagach) yongan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston – Xitoy gaz quvurida yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, yong‘in o‘chirish bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 15:47da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 15:52da qurshab olinib, soat 15:54da o‘chirilgan.

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan deb tahmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.