TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. “Mening fikrim” murojaatlar portalida piyodalar o‘tish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish haqida petitsiya joylashtirildi.
Petitsiyada yozilishicha, shaharlar ko‘chalarida kuzatuv kameralari ishga tushganiga mana ikki yarim yildan ortiq vaqt o‘tdi.
“Bugunga kelib, kuzatuv kameralari aniqlayotgan qoidabuzarliklarning soni yettitaga yetgan, lekin bu kameralarning 90 foizdan ko‘prog‘i sfetaforlarning atroflariga qo‘yilgan. Hozirda kamera bo‘lmagan joylarda, ayniqsa piyodalar o‘tish joylari (yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1 — 1.14.3 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi)da qoidalarga rioya qilmaydigan haydovchilar tobora ko‘payib ketmoqda”, - deyilgan murojaatda.
Muallif piyodalar o‘tish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatishni taklif qildi.