“Bizga tez-tez mahorat darsini o‘ta oladigan, qayta tayyorlash kurslarini tashkillashtira oladigan pedagoglarni O‘zbekistonga olib kelish iltimosi bilan murojaat qilishadi. Biroq buni o‘quv dasturlarining farqli ekanligi sababli amalga oshirish mushkil”, - dedi Polkovnikov Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.
“Rus gumanitar missiyasi” tashkiloti bosh direktori misol tariqasida Tojikiston maktablarini keltirdi. U yerga mana ikki yildirki Rossiya o‘qituvchilari maktablarda dars o‘tishlari uchun jo‘natilmoqda. O‘zbekistonda buni o‘quv dasturlari o‘rtasidagi farq tufayli amalga oshirishning iloji bo‘lmayapti.
“Ular (O‘zbekiston – tahr.) o‘z yo‘llaridan ketishdi: rus tili va boshqa fanlardan o‘z darsliklarini yaratishdi. Shuning uchun rus adabiyotini olib kelish unchalik to‘g‘ri ish bo‘lmaydi, chunki u mahalliy o‘quv dasturiga mos kelmaydi”, - deya ta’kidladi ekspert.
U O‘zbekistonda rus tilini o‘rgatishga tayyor va rus tilini yaxshi ko‘radigan o‘qituvchilar borligini qayd etdi.