TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri yosh bolaning umrini saqlab qolgan doktor Sergey Tobiasni mukofotladi, deb xabar qilmoqda Ijtimoy tarmoq foylanuvchisi.
“Sergey Vladimirovich Tobias “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi”, - deyilgan xabarda.
Suratdan ma’lum bo‘lishicha, nishonni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovning shaxsan o‘zi topshirgan. Buning uchun vazir Tobias ishlaydigan klinikaga borgan.
Bir necha kun oldin ijtimoy tarmoqlarda tarqalgan videolavha Sergey Tobiasni xalq orasida haqiqiy qahramonga aylantirgan edi. Unda shifokor ko‘chada to‘satdan nafas olishi to‘xtab qolgan bolaning hayotini saqlab qolishi aks etgan.