TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 22-iyuldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 40,01 so‘mga ko‘tarilib, 8 624,51 so‘m tashkil qildi.
Yevro ham 2,83 so‘mga oshdi va 9 676,70 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 0,58 so‘mga ko‘tarildi va 136,92 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.