Deputatlar jarimaning 70 foizini to‘lash g‘oyasini ilgari surdi

Huquqbuzar ixtiyoriy ravishda 15 kun ichida jarimaning 70 foizini to‘lasa, u qolgan summani to‘lashdan ozod etilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamasi munozaralarga boy kechdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent viloyatida bir kunning o‘zida 531 nafar piyoda jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi ustida olib borilgan ishlarda ham deputatlar sud ham, qonunlar ham adolat o‘rnatishga xizmat qilishi zarur, degan g‘oyaga suyanib, uni takomiliga yetkazdilar. Loyiha muhokamasi davomida ham uning asl mohiyatini saqlab qolishga harakat qildilar.

Ta’kidlanishicha, shuning uchun ham majlisda ko‘rib chiqilgan qonun loyihalari ichida eng ko‘p ovoz to‘plab qabul qilingan hujjatlardan biri mazkur loyiha bo‘lgan.

Loyiha sud tomonidan jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda u qolgan summani to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etishni nazarda tutadi.

O‘zbekistonda 1-avgustdan jarimalar miqdori ham oshadi

Ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida qo‘llanilmasligi qayd etib o‘tilgan.

Deputatlarning qayd etishicha, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarning amaliyotda qo‘llanishi fuqarolarni tayinlangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashga rag‘batlantiradi, ular uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, shuningdek mablag‘lar o‘z vaqtida Davlat budjetiga kelib tushishini ta’minlaydi.