Berdimuhamedovni o‘ldiga chiqargan siyosatshunos turkman xalqidan uzr so‘radi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni o‘ldiga chiqargan Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev uzr so‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni o‘ldiga chiqargan Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev uzr so‘radi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Turkmaniston elchixonasi Berdimuxamedov vafot etgani inkor qildi

“Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganidan juda mamnunman. Prezidentning qarindoshlari va yaqinlari, shuningdek, Turkmanistonning barcha fuqarolaridan uzr so‘rayman”, — deb yozgan Rubayev o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Shuningdek, u oldinroq olingan ma’lumotlar o‘sha manbaning o‘zi tomonidan inkor etilganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan izohida Berdimuhamedov bir necha kun oldin ta’tilda bo‘lgan vaqtida vafot etganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining vafot etganini Ashxobodda ishlaydigan ishbilarmonlar ma’lum qilgan.