AQShda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Vafot etgan shaxs yaqinlariga marhum jasadini vatanga jo‘natishda yordam berish uchun mahalliy hokimiyat organlari tomonidan berilgan hujjatlar asosida Bosh konsulxona tegishli hujjatlarni rasmiylashtirdi va boshqa kerakli jarayonlarni amalga oshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. AQShda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi (AQSh) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 17-iyul kuni Kenfild shahrida (Ogayo shtati) yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi A.N. vafot etgan.

O‘zbekiston fuqarosi Antalyada halok bo‘ldi

Qayd etilishicha, vafot etgan shaxs yaqinlariga marhum jasadini vatanga jo‘natishda yordam berish uchun mahalliy hokimiyat organlari tomonidan berilgan hujjatlar asosida Bosh konsulxona tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan va boshqa kerakli jarayonlarni amalga oshirgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya izhor etgan va AQShning 35 shtatidagi, shuningdek, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda +1-212-754-7403 telefon raqamlari orqali mamlakatning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.