Ukrainada muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Ukraina Radasiga saylovda 24 partiyadan 3220 nafar deputatlar ishtirok etmoqda. DNR va LNR aholisi saylovda ishtirok etmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Ukrainada bugun muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Poroshenko va uning jamoasiga qarshi 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan – Ukraina DTB

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Saylovda 24 partiyadan 3220 nafar deputatlar ishtirok etmoqda.

Ukraina  qonunchiligiga ko‘ra Rada deputlarining yarmi – partiyalar bergan ro‘yxatga asosan, ikkinchi yarmi esa – majoritar okruglardagi saylov natijalariga ko‘ra tanlab olinadi. Saylovda faqat 5 %dan ko‘proq ovoz to‘play olgan partiyalr ishtirok etish huquqiga ega.

Bu safar Ukraina saylovlarida Rossiya hamda PASE kuzatuvchilari taklif qilinmagan. Shuningdek ovoz berish faqat Ukrainaning Kiyev nazorati ostida bo‘lgan hududlarida bo‘lib o‘tadi. DNR va LNR hududlarida 10 millionga yaqin ukrainaliklar ovoz bera olmaydi.