Terma jamoa formasi dizayni uchun tanlov e’lon qilindi

Futbol muxlislari orasida terma jamoa formasi dizayni uchun tanlov e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyul -  Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoa futbolchilari formasi dizayni uchun tanlov e’lon qildi. Undan  barcha ishtirok etishi mumkin, deyilgan O‘FA xabarida.

“Yangi forma dizaynini ishlab chiqib, bizning elektron pochtamizga yuborishingiz mumkin. Eng yaxshi deb topilgan ishlar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi. Xususan, mutaxassislarimiz tomonidan ma’qul topilgan uchta eng yaxshi dizayn uchun mualliflarning har biriga terma jamoamiz yulduzlarining dastxatlari tushirilgan original futbol to‘plari sovg‘a qilinadi,”- deyiladi xabarda.  

O‘FA xabarida aytilishiga ko‘ra, ushbu ishlar terma jamoa va muxlislar orasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish maqsadida amalga oshirilmoqda. Endi har bir muxlis forma dizayni borasida o‘z takliflarini bildirishi mumkin.