Meteorologlar 2019-yil iyun oyini tarixdagi eng jazirama oy sifatida tan oldi

Meteorologlarning aniqlik kiritishicha, 2019-yil iyun oyida havo temperaturasi o‘tgan yillardagi o‘rtacha temperaturadan 1,71 gradus balandroq bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. Meteorologlar 2019-yil iyun oyini tarixdagi eng jazirama oy sifatida tan oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Jazirama va garmsel: O‘zbekistonda juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Yer sathida 2019-yil iyun oyida o‘rtacha temperatura butun tarix davomidagi eng issiq oy bo‘ldi, deb xabar qildi okeanik va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi.

"Ona yer o‘tgan oy davomida juda terladi. O‘ta yuqori temperatura 2019-yil iyun oyini yer sharidagi eng issiq oyga aylantirdi", - deyiladi xabarda.

Meteorologlarning aniqlik kiritishicha, 2019-yil iyun oyida havo temperaturasi o‘tgan yillardagi o‘rtacha temperaturadan 1,71 gradus balandroq bo‘lgan.