Toshkentda “pasport stoli” dam olish kunlari ham ishlaydi

Bu fuqarolarning biometrik pasport olishi uchun vaqtni qulaylashtirish maqsadida tashkillashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBB tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari dam olish kunlarisiz ishlashini eslatib o‘tdi.

Xorijga chiqish pasportini olish uchun nima qilish kerak?

“Shanba va yakshanba kunlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ish kunlaridir. Ish vaqti – 8.00 dan 20.00 gacha”, - deyiladi IIBB xabarida.

Bu fuqarolarning biometrik pasport olishi uchun vaqtni qulaylashtirish maqsadida tashkillashtirilgan.

Shuningdek, endilikda yakshanba kunlari barcha tuman MvaFRBlariga pasport-viza tartibi bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha ham murojaat qilish mumkin. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish masalasi, propiska va ro‘yxatdan chiqish masalalari shular jumlasidandir.

Yangi o‘zgarish: xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga doir hujjat tasdiqlandi

IIBB 2020-yilning 1-yanvariga qadar barcha O‘zbekiston fuqarolarida biometrik pasport bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tgan.