Qirg‘iy zaharli ilonni tilka-pora qildi - video

Kruger milliy parkida sayyohlar g‘aroyib hodisaga guvoh bo‘lishdi. Qirg‘iy zaharli ilonni tilka-pora qildi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Janubiy Afrika Kruger nomli tabiat qo‘riqxonasi YouTube-kanali qirg‘iy ilonni tilka-pora qilgani aks etgan videoni joylashtirdi.

Video muallifi Grem Michlining so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iy ilonni oyog‘i bilan tutib oldi va tumshug‘i bilan boshiga zarba beradi.

Keyinchalik yirqich qush ilonni ikkiga bo‘lib, zahri bo‘lmagan dumini olib uchib ketadi.

Kelasi kun yo‘lda ilon qoldiqlari umuman qolmadi: ehtimol ularni sirtlon yoki boshqa hayvonlar yeb qo‘yishdi.

Michlining fikriga ko‘ra, bu sahnada tabiatning oziq-ovqat zanjiri yorqin tasvirlangan.