TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Portugaliyada ayol yalang‘och holda 45 metrli ko‘prikdan sakradi. Bu ko‘prik Portu yaqinida joylashgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Bu ko‘prikning nomi Ponti-di-Don-Luish I, u Doru darosi ustidan o‘tgan bo‘lib, temir yo‘l, avtomobil va piyoda qatnov uchun mo‘ljallangan. Ko‘prik Portu shahrining o‘ziga xos ramzi hisoblanadi.
Videoda ayol yigit bilan birga ko‘prik ustunida turgani, keyinchalik esa ayol kiyimlarini to‘liq yechib, daroga sakrashi aks etgan.
Video lavhadan shu ma’lum bo‘ldiki, ayol darodan suzib o‘tib, qirg‘oqqa chiqdi.
Ayolning shaxsi noma’lum. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u juda mast holatda bo‘lgan ekan.
Voqea joyiga politsiya keldi, biroq ayol g‘oyib bo‘ldi. Politsiya tartibbuzarni ushlashga muvaffaq bo‘lmadi.