Mirziyoyev oddiy xalq uchun hamonbop mashinalar ishlab chiqarishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining keng qatlamlari uchun hamonbop yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarishni topshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining keng qatlamlari uchun hamonbop bo‘lgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarishni topshirdi.

Qo‘qonda Hyundai bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqariladi

Shavkat Mirziyoyev imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlanish bo‘yicha qo‘shicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorida  2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilab berilgan.

Xususan:

  • yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;
  • yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o‘rta hisobda 60 foizgacha yetkazish;
  • yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;
  • avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;
  • korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “ERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;

Shuningdek, qaror bilan aholining keng qatlamlari uchun hamonbop bo‘lgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019-yil 1-oktabrdan keyin tuziladigan shartnomalar bo‘yicha UzAutoMotors AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig‘i bekor qilinishi haqida xabar qilgan edik. Bundan tashqari, O‘zbekistonda 1-oktabrdan trade-in dasturi ishga tushiriladi. Unga ko‘ra eski avtomobilni qo‘shimcha to‘lov bilan yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi.