AQSh va sovet tanklarining o‘quv jangi videoga olindi

Abrams va T-72M tanklarining o‘quv jangi videoga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Polshadagi Bemovo Peski poligonida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlar tasvirga olingan video paydo bo‘ldi.

Mashqda Abrams va T-72M tanklari o‘rtasida o‘quv jangi sahnalashtirildi.

T-72 "Ural" – sovet o‘rta va asosiy tank hisoblanadi. Bu tank bilan MDH davlatlari qurolli kuchlari ta’minlangan. Vashrava shartnomasiga a’zo davlatlar, Finlyandiya, Hindiston, Eron, Iroq va Suriyaga eksport qilingan.

M1 Abrams - AQSh asosiy jangovar tanki hisoblanadi. 1980-yildan boshlab seriyali ishlab chiqariladi. Qator davlatlar, shu jumladan Saudiya Arabiston armiyalarida bu tank mavjud.