TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning eng yaxshi rus tili o‘qituvchilari, Tretyakovka galereyasida o‘tkaziladigan, joriy yilning eng asosiy ko‘rgazmalardan biri bo‘lgan "Ilya Repin" ko‘rgazmasini tomosha qiladilar.
"Rus gumanitar missiyasi" matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, "O‘zbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi g‘olibalari Rossiya poytaxtiga sayohatga kelishgan. Ular orasida Andijon shahri, Andijon viloyati Baliqchi tumani, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani, Nukus va Amudaryo tumani, Navoiy viloyati Xatirchi tumani, shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota va Angren tumanlari vakillari bor.
Pedagoglar Moskvadagi diqqatga sazovor joylarni tomosha qiladilar, Tretyakovka galereyasida Ilya Repin asarlari ko‘rgazmasida bo‘ladilar, "Sovremennik" teatrida "Uch opa-singil" ("Tri sestri") spektaklini tomosha qilib, Arbatdagi A.S.Pushkin uy-muzeyini, M.Yu.Lermontov uy-muzeyini va N.V.Gogol muzeyini ziyorat qiladilar.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi 1-dekabrdan 10-iyunga qadar o‘tkazilgan, unda O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari ishtirok etgan edilar.