AQShda o‘tsochar dron sinovdan o‘tkazildi - video

Uchuvchisiz uchar qurilma 100 soniya davomida olov sochib turishi mumkin.
Sputnik

AQShda TF-19 Wasp nomli o‘tsochar-uchuvchisiz uchar qurilma sinovdan o‘tkazildi. Sinov jarayoni videoga olindi.

Videoda uchar qurilma obyektga oldiga uchib kelishi va olov otishini ko‘rish mumkin.

Bu qurilma 100 soniya davomida olov sochib turishi mumkin, shunda 3,7 litr yonilg‘i sarflaydi.

Ta’kidlanishicha, bu dron qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan.