Umra safariga ketganlar ortidan yirik mablag‘ni o‘zlashtirgan firibgar ayol qo‘lga tushdi

Star Tour MChJ rahbari aldov yo‘li bilan 61 ming dollarni o‘zlashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Umra safariga ketganlar ortidan yirik mablag‘ni o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga tushdi.

IIV xabariga ko‘ra, 27-may kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 34 yoshli I.N. ismli ayol o‘zi rahbarlik qilayotgan Star Tour MChJ binosida Buxoro tumanida yashovchi 32 yoshli A.N.ga Umra safariga ketgan 24 nafar fuqarolarni Saudiya Arabistonida joylashgan mehmonxonaga joylashtirish uchun pul kerakligini aytib, undan qarz so‘ragan.

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

U qarzni tez kunda qaytarishini aytib, aldov yo‘li bilan 61 ming dollarni olgan. Natijada esa pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.N. ismli ayol qo‘lga olingan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 1,08 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgan tadbirkor qo‘lgaolingani haqida xabar qilgan edik.