Toshkentda 14 yoshli qiz quyosh urishi oqibatida hushidan ketdi

Toshkentda quyoshning kuchli ta’siri natijasida 14 yoshli qiz shifoxonaga yotqizildi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. 15-iyul kuni soat 05:44da Yunusobod tumanida 14 yoshli M.B. shifoxonaga yotqizildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.

O‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan mas’ul xodimlar vazifasidan ozod etildi – SSV

Qizni kunduzi quyosh urgan, ammo o‘sha vaqtda u nohushlikni his qilmagan. Ertalab esa qiz o‘zini yomon his qilib, hushidan ketgan va yaqinlari uni shifoxonaga olib borishgan.

Anomal issiqlik sabab IIBB fuqarolarni ehtiyotkorlikka va quyoshning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishidan saqlanishga chaqiradi.