Toshkentda Lacetti haydovchisi uxlab qolib, ko‘cha yoritgichi ustuniga borib urildi

Haydovchi YTH tufayli olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlarning urinishiga qaramay vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Yakkasaroy tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qozog‘istonda YTHda O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, YTH bugun, 17-iyul kuni soat 3:30lar atrofida ro‘y bergan. 33 yoshli Temur I. o‘zining Lacetti rusumli avtomobilida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va ko‘cha yoritgichi ustuniga borib urilgan.

Haydovchi YTH tufayli olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlarning urinishiga qaramay vafot etgan.

Xabarda YTHga haydovchining rulda uxlab qolgani sabab bo‘lgani qayd etilgan.