Tadbirkorlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish jamg‘armasiga rahbar tayinlandi

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining asosiy vazifasi kichik tadbirkorlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Hukumat qarori bilan Umrbek Abdullayevich Ismailov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Bu jamg‘armaning asosiy vazifasi kichik tadbirkorlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.