TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili “112 Ukraina” telekanali efirida SSSR davrida Ukrainada turmush sharoiti yaxshiroq bo‘lganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytlarda surbet amaldorlar bo‘lmagan, shifoxonalar sharoiti yaxshi bo‘lgan, shuningdek, bemorlardan hech kim pul olmagan. Siyosatchi Ukrainada dekommunizatsiya doirasida ko‘chalarni qayta nomlashga ham qarshi chiqqan. Saakashvilining ta’kidlashicha, dekommunizatsiya odamlar ongida sodir bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, Saakashvili SSSRning mamlakatdagi yagona ramzlari vayronagarchilik va rivojlanishning oqsashi deb hisoblaydi, deya iqtibos keltiradi sobiq prezident so‘zlaridan RIA Novosti.
16 iyul kuni Ukrainaning Konstitutsiyaviy sudi "Kommunistik va milliy- sotsialistik totalitar tuzumlarni qoralash to‘g‘risida" gi qonunni tan oldi. Qonun Ukrainada 2015-yil may oyidan buyon amal qiladi. Ushbu qonun sovet razmlarini targ‘ib qilishni taqiqlaydi va sovet davlat arboblari nomi bilan atalgan shahar va ko‘chalarni qayta nomlashni nazarda tutadi.
Saakashvili Putinning unga Ukraina pasporti qaytarilishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrain OAVlari Saakashvili nafaqaxo‘r ayolning qo‘lini sindirgani haqida xabar tarqatishgani xabar qilingan edi.