Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Dilshod Fayziyev tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Fayziyev Dilshod Nadjimovich Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi Bosh prokuratura rasmiy xabarida.

Dilshod Fayziyev tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Buxoro viloyati prokurori Bahriddin Valiyev Toshkent shahri prokurori etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.