O‘zbekiston rossiyalik sayyohlarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqdi - Aziz Abduhakimov

Umumjahon Sayyohlik tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra Rossiyalik sayyohlar – dunyoda eng ko‘p xarajat qiluvchi sayyohlardan biridir.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston rossiyalik sayyohlarni qanday jalb qilmoqchi bo‘layotganini aytib berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Oldin rossiyaliklar ommaviy ravishda borishni yaxshi ko‘rgan ba’zi hududlarga (Misr, Turkiya) sayohat qilish ma’lum sabablarga ko‘ra cheklangani tufayli, rossiyaliklar boshqa yo‘nalishlarni tanlamoqda, jumladana O‘zbekistonni, - deydi Abuduhakimov.

Oldin Rossiyadan uchib kelayotgan samolyotlar mehnat migrantlari ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, hozir - sayyohlar bilan to‘la. Biz 26 mamlakatdan, jumladan Rossiyadan ham turistlarni jalb qilish yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Unda quyidagilar o‘rin olgan:  

  1. Hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Savdo – iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda turizmni rivojlantirishni ham yo‘lga qo‘yish.   
  2. Ma’lumki Rossiya harbiylari va kuch ishlatish tizimlari xodimlariga uzoq xorijiy davlatlarga chiqish ta’qiqlangan. Lekin O‘zbekiston ana shunday xodimlar ham borishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
  3. Profsoyuzlar bilan ham ishlyapmiz.
  4. Biz Rossiya hudularini segmentlarga bo‘lib o‘rganayapmiz. Rossiyada O‘zbekistonga tarixiy madaniy qiziqish bilan kelayotgan sayyohlar guruhlari bor. Shuningdek Gastronomik maqsadlarda ham keluvchilar soni ko‘p. Undan tashqari musulmon aholi yashaydigan hududlarda O‘zbekistonga ziyorat maqsadida kelishni istaydigan sayyohlar bor.

Rossiyadar sayyohlar qabul qilish yo‘nalishi biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri. Shuni ham aytib o‘tish kerak-ki Umumjahon Turizm tashkiloti (UNWTO) ma’lumotiga ko‘ra, har bir rossiyalik sayyoh o‘zi borgan mamlakatda 1600 – 1800 dollar pul xarajat qiladi. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri, - deydi Abduhakimov.

O‘zbekiston rossiyalik sayyohlarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqdi - Aziz Abduhakimov