Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi

Valiyev tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlandi

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Valiyev Bahriddin Bahodirovich Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Bahriddin Valiyev tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Valiyev 2017-yil yozidan buyon ishlab kelgan va kecha lavozimidan chetlashtirilgan Sherzod Obloqulov o‘rnini egalladi.