Konsullikni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev tantana ravishda ochishdi.
Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) kiradi.