Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS)ning davlat xizmati va kadrlar siyosati kafedrasi professori, falsafa fanlar nomzodi Vladimir Sokolov Ekspert O‘zbekistonda “amaldorlar va’dalari” saytini yaratish haqidagi fikrlarini Sputnik O‘zbekistonga bildirdi.
O‘zbekistonda amaldorlar va’dalarini bajarilishini kuzatib boruvchi sayt ishga tushirildi.
Vada.uz – sayti prezident, bosh vazir, hokim, vazirlar va boshqa yirik amaldorlar bergan va’dalari va ularning bajarilish muddatlarini ro‘yxatga olib, so‘ngra ularning bajarilishini kuzatib boradi.
Ayni damda ushbu saytda 28 ta va’da qayd etilgan bo‘lib, ularning 3 tasi bajarilgan, 9 tasi bajarilmagan va 16 tasi “bajarilmoqda” – maqomiga ega.
Ekspert O‘zbekistonga qadar shunga o‘xshash tashabbusdan Silvio Berluskoni (Italiyaning sobiq bosh vaziri) foydalanganini ma’lum qildi. Bu unga bosh vazir lavozimini egallashiga yordam bergan.
Ekspertning fikriga ko‘ra, mazkur tashabbus ish berishi uchun nazorat qiluvchi organ va jazo tizimini tashkil qilish kerak. Masalan, va’dasini bajarmagan amaldor avvaliga ogohlantiriladi. Bir nechta ogohlantirishdan so‘ng lavozimidan chetlashtiriladi. Ana o‘shanda quruq va’dabozlikka chek qo‘yiladi va va’da bergan amaldor lavozimidan ayrilib qolmaslik maqsadida va’dasini bajarishga jon-jahdi bilan harakat qiladi.