TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. AQShning ayrim shaharlarida noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish maqsadida ularni hibsga olish boshlandi. Bu haqda Fox News telekanali o‘z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Telekanalning ma’lum qilishicha, qo‘lga olish Nyu-York va boshqa ayrim shaharlarda shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi boshlangan.
AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar sud tomonidan mamlakatni tark etish buyurilgan muayan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida AQSh prezidenti Donald Tramp millionlab migrantlarni chiqarib yuborish bo‘yicha amaliyotlar boshlanishi haqida ogohlantirgan edi. Bir necha kun o‘tgandan so‘ng Tramp demokratlar iltimosi bilan noqonuniy migrantlarning ommaviy deportatsiyasi boshlanishini keyinga qoldirishini ma’lum qilgandi.