TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Samarqandda doimiy alkogol iste’mol qiluvchi erkaklar ro‘yxati tuzildi. Endi ular majburiy davolashdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Bu haqida jurnalistlarga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Mukarram Nurmatova xabar qildi.
“Biz piyonista erkaklarning ro‘yxatini tuzishga majbur bo‘ldik, chunki ular kecha-kunduz ichkilik ichib, jamiyatga faqat ziyon yetkazadi. Bizning niyatimiz shuki, erkaklar ichkilik ichib, ayollarimiz bilan janjal qilmasinlar. Shu maqsadda ro‘yxatdagilarni majburlab shifoxonalarga jo‘natdik. Davolansinlar, boshqalar kabi bir qirda, bir sirda yashasinlar…”, - dedi Nurmatova.
Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin Samarqand viloyati bulung‘ur tumanida doimiy alkogol ichuvchi er xotiniga og‘ir jarohat yetkazilgan va u kasalxonaga yotqizilgan edi. O‘shanda ushbu vaziyat bilan viloyat xotin – qizlar qo‘mitasi shug‘ullanib, Samarqanddagi barcha piyonista erkaklarni ro‘yxatga olishni va ularni nazorat qilib borishni va’da bergan edi.