Rekord yangilandi: O‘zbekistonda 80 yoshli fuqaro o‘qishga hujjat topshirdi

Bu yilgi abituriyentlar barchani hayron qoldirishda davom etishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda 80 yoshli fuqaro o‘qishga hujjat topshirdi.

Davlat xizmati agentligi xabariga ko‘ra, 80 yoshli fuqaro To‘xtamish Sultonov Surxondaryo viloyati Angor tumani Davlat xizmatlari markazi orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan.

Hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 millionga yaqinlashdi

Yoshi eng ulug‘ abituriyent Samarqand davlat universitetining Biologiyani o‘qitish metodikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi yo‘nalishini tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 78 yoshli fuqaro o‘qishga hujjat topshirgani xabar qilingan edi.

Bugun OTMlarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni. Shu kunlarda Davlat xizmatlari markazlarida  24 soat kunu-tun xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar DXMlar orqali jami 102 678 nafar abituriyent OTMga imtihonga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, ulardan 49 307 nafari 2019-yil bitiruvchilari va 53371 nafari oldingi yillar bitiruvchilaridir.