Fuqaro O‘zbekistonga qurol olib o‘tishga urindi

Bojxonachilar qurolni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatib qolishdi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Bojxona xodimlari tomonidan qurol-yarog‘larni noqonuniy olib o‘tish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzilish holati fosh etildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan fuqaro P.V. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda qurol muomalasi tartibga solinadi

Mazkur fuqaroning qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning sumkasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan “Makarov” pnevmatik to‘pponcha hamda 2 dona kislorod balonchalik patronlari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda o‘quvchi maktabga o‘zi bilan birga pnevmatik to‘pponcha olib keldi