AQSh nima uchun Oy va Marsga yetib bormayapti – NASA rahbarining javobi

Siyosiy tahdidlar tufayli AQShning Marsga borishi xavf ostida qolmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. AQSh loyihani moliyalashtirish uchun yetarli mablag‘ yo‘qligi sababli oy dasturini amalga oshira olmayapti. Bu haqda RIA Novosti NASA rahbari Jim Braydestaynga asosan xabar qildi.

Olimlar Oyda ulkan metall qatlamni topishdi

Fazo loyihalarini yetarli darajada moliyalashtirilmasligi - bu siyosiy tahdidlar bilan bog‘liq.  

“Agar siyosiy xavflar bo‘lmaganda biz hozir Oyda bo‘lardik, to‘g‘risini aytganda, Marsga ham parvoz qilgan bo‘lardik”, - dedi Braydenstayn.

NASA rahbari rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 1990-2000 yillarda AQSh Oyga qaytish va Marsga qo‘nishga harakat qilgan, biroq ikki dastur katta tayyorgarlik va moliyaviy xarajatlarni talab qildi.

2020 yilda ham AQSh bu sabablar tufayli Marsga bormasligi mumkin.

Joriy yilda Donald Trampning ma’muriyati oy dasturini tezlashtirish vazifasi haqida e’lon qilgandi, dasturga asosan kelgusi 5-yil ichida Oyga odam jo‘natish kerak. Bundan avval NASA bu vazifani 2028-yilda amalga oshirishni rejalashtirgandi.