Qozog‘istonda YTHda O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi

“Olma-ota – Yekaterinburg” trassasidagi sodir bo‘lgan mudhish YTH joyida olingan fotosuratlar e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Qozog‘istonda sodir bo‘lgan mudhish YTHda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi va ikki nafar politsiyachi qurbon bo‘ldi, TIV xabariga asosan.

Sirdaryoda ag‘darilgan avtobusni Spark haydovchisi siqqan – YTH tafsilotlari

Kecha 13-iyul kuni “Olma-ota – Yekaterinburg” trassasining 380-kilometrida SsangYong avtomobili ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etgan va bir necha kishi jarohatlangan edi.

Ayni damda avtomobil ichida 6 nafar O‘zbekiston fuqkarolari bo‘lganligi va ulardan biri qurbon bo‘lgani O‘zbekiston TIV tomonidan ham tasdiqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha avtomobil ichida Jambil viloyati Moyinkum tumani IIBning ikki nafar xodimi va 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Qozog‘iston OAVlari xabariga ko‘ra ushbu YTH migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarini ramiylashtirish uchun olib ketilayotganda sodir bo‘lgan.

Ayni damda Qozog‘iston huquqni saqlash organlari tomonidan JKning “Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish”  bandi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Qozog‘istonda YTHda O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi