Shveysariyalik sportchi Ernst Bromays Baykal ko‘lining janubi-sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab 800 kilometr masofani suzib o‘tishga qaror qildi.
Shunday yo‘l bilan ekstremal sportchi Yer sharidagi suv manbaalari muammosiga jamoatchilik fikrini qaratmoqchi.
Ma’lumki, olimlar yaqin yillar ichida insoniyat ichimlik suvi muammosiga duch keladi deb bashorat qilishgan. Baykal ko‘li esa dunyodagi eng yirik chuchuk suv havzasi hisoblanadi.
Bromays 24 soat to‘xtovsiz suzmaydi. U kun davomida qirg‘oq bo‘ylab suzib, tunlari qirg‘oqda uxlaydi. Suzish 60 kundan keyin Nijneangarsk shahrida yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, Baykal ko‘li Sibir tog‘ligida joylashgan Yer yuzidagi eng katta va eng chuqur chuchuk suv havzasidir. Baykal ko‘lida Rossiya ichimlik suvi zahiralarining 90 %i dunyo ichimlik suvi zahiralarinin 20% joylashgan.