Toshkentda yuk mashinasi metro ko‘prigiga borib urildi

Yuk mashinasi va unga o‘rnatilgan konteyner metro ko‘prigiga borib urilgan.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. Toshkentda yuk mashinasi metro ko‘prigiga borib urildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar berdi.

Hodisa 11-iyul kuni sodir bo‘lgan. Xabarda qayd etilishicha, Baynalminal ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasi tomon harakatlanayotgan yuk mashinasi va unga o‘rnatilgan konteyner metro ko‘prigiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida metro ko‘prigiga zarar etmagan.