Italiya kompaniyasi Rog‘un GESning asosiy to‘g‘on qurilishini boshladi

Italiyaning “Salini Impredjilo” kompaniyasi Rog‘un GESning asosiy to‘g‘onini qurish ishlarini boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. Italiyaning “Salini Impredjilo” kompaniyasi Rog‘un GESning asosiy to‘g‘onini qurish ishlarini boshladi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Rog‘un stansiyasi qancha elektr energiya ishlab chiqarganligi ma’lum bo‘ldi

“Suv obyektining pastki qismdan kengligi 200 metr bo‘lgan uchastkada GESning asosiy to‘g‘onini qurish ishlari olib borilmoqda”, - deb tasdiqladi GESdagi manba.

Hozirgi vaqtda bu uchastkadagi to‘g‘onning balandligi 35 metrga yetdi. GES to‘g‘onining har bir qismi kesimida qurilish ishlari rejasi tuzildi. Uning asosi 1,5 kmni tashkil qiladi.

Bugungi kunda gidrostansiya energiya ishlab chiqaradi, GESning ikkita agregati ishga tushilgan.

GESning birinchi agregati shu yilning iyun oyida ish boshlagan bo‘lib, 80 MVt xajmda energiya ishlab chiqarmoqda. Ikkinchi agregat esa sinov rejimida ishlamoqda, shu yil sentabr oyida rasmiy ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Tojikiston Moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda Rog‘un GES qurilishiga 222,6 million dollar ajratiladi.