Ichki ishlar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Markaziy apparati va hududiy tizimlarida navbatdagi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlandi

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:

Polkovnik Rustam Abdumajitovich Toshpo‘latov – O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Eldor Mahmudovich Alkarov – Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Olim Mardonovich Fayziyev – Buxoro viloyati IIB Transportda xavfsizlikni  ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga.