Argentinada ko‘kragi bilan to‘pni qaytargan darvozabon vafot etdi

O‘yin vaqtida darvozabon to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi. Shundan so‘ng u o‘zini yomon his etishni boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. Argentinaning “Yunion de Golondrina” 17 yoshli darvozaboni Ramon Ismael Koronel o‘yin vaqtida vafot etdi.

Nurmagomedovning raqibi muxlislarga rus tilida murojaat qildi - video

Bu haqda RSport xabar qildi.

Yigitning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘ldi. O‘yin vaqtida darvozabon to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi. Shundan so‘ng u o‘zini yomon his etishni boshladi.

Ta’kidlanishicha, stadionda shoshilinch yordam mashinasi bo‘lmagan.

Darvozabon shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi.