Moskva viloyatida yirik yong‘in: jabrlanganlar bor

Moskva viloyatining Mitishi shahri hududida joylashgan IEM-27 alanga olmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. Moskva viloyatining Mitishi shahri hududida joylashgan Issiqlik elektr markazi-27da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 8 kishi jarohatlangan, 6 kishi esa tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Olov 200 metr kvadratni qamrab olgan va uning balandligi 50 metrni tashkil etadi. Vaziyatni Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev o‘z nazoratiga olgan.

Yong‘inni bartaraf qilish uchun barcha kuchlar ishlar solinmoqda.