Toshkentda haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

Matiz haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli bolakayni urib yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. Toshkentda Matiz haydovchisi 5 yoshli bolani urib yubordi.

Telegram messenjeri va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda mashina urib yuborgan bola haqidagi xabar tarqaldi. Holat aks etgan suratni joylashtirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi YTH Sergeli tumanida ro‘y bergani va hodisa chog‘i bolaning yaqinlari bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, YTH 9-iyul kuni soat 19.20lar atrofida Sergeli tumanidagi Mirzo Tursunzoda ko‘chasidagi 1-uy qarshisida sodir bo‘lgan.  26 yoshli Bahrom H. o‘zining Matiz rusumli avtomobilida yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli R.S.ni urib yuborgan. Haydovchining o‘zi bolani kasalxonaga olib borgan.

Xabarda bola jiddiy jarohatlar olmagani, uning ota-onasiga xabar yetkazilgani va ular ayni paytda bolaning yonida bo‘lib turgani qayd etilgan.

Jizzaxda haydovchi opa-singillarni urib yubordi

IIBB befarq bo‘lmagan va bolaning yaqinlarini topishda faol ishtirok etgan bloger va fuqarolarga minnatdorchilik izhor etgan.