XTV Toshkent shahrida 1-sinfga qabul bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javob berdi

Vaqtinchalik propiskaga ega shaxslar nima qilishi kerak? Mikrohudud bo‘yicha ta’lim rus tilida olib boriluvchi sinflar bo‘lmasa nima qilish kerak? Bu kabi savollarga XTV javob berdi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahrida 1-sinfga qabul bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javob berdi.

1) Barcha maktablarga hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish kerakmi?

Yo‘q, faqat 81 ta maktabga Davlat xizmatlari markazlari orqali topshiriladi. Qolgan 228 ta maktabga hujjatlar maktabda qabul qilinadi.

2) 81 ta maktabning mikrohududini qayerdan bilsa bo‘ladi?

A) qabul.uzedu.uz sayti orqali

B) Davlat xizmatlari markazlari orqali

V) Maktablar orqali

3) Qo‘shimcha kvota qachon ochiladi?

1 avgust kuniga qadar mikrohududda yashovchi 7 yoshdagi bolalar maktabga joylanadi. Maktablarda bo‘sh joy qolsa, qo‘shimcha kvota ochiladi.

4) Vaqtinchalik propiskaga ega shaxslar nima qilishi kerak?

Vaqtinchalik propiskaga ega shaxslar qolgan 228 ta davlat va 40 nodavlat maktab muassasalariga hujjat topshirishlari mumkin.

5) Mikrohudud bo‘yicha ta’lim rus tilida olib boriluvchi sinflar bo‘lmasa nima qilish kerak?

Rus tili sinflari yo‘q maktablarda bunday sinflar ochiladi. Rus tili sinflarini ochish imkoni bo‘lmasa, ota-onalar Toshkent shahar xalq ta’limi Bosh boshqarmasiga murojaat qilishlari kerak. Bosh boshqarma mutaxassislari rus tili sinfi mavjud maktabga bolani bepul yo‘naltiradi.

Har bir bola o‘z mikrohududiga biriktirilishi kerak – Xalq ta’limi vazirligi

6) Bola akasi yoki opasi ta’lim olayotgan maktabda tahsil olishi mumkinmi?

Agar bolaning akasi yoki opasi tasdiqlangan 81 ta maktab ro‘yxatiga kiritilmagan o‘rta umumiy ta’lim muassasasida ta’lim olsa, bola Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “​Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida​”gi qarori talablari asosida maktabga qabul qilinadi. Ota-onalar maktabga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari lozim.

Shermatov: muhokamalarga sabab bo‘lgan qaror Konstitutsiyaga zid emas

Ro‘yxatga kiritilgan 81 ta maktabga bu guruhdagi bolalar asosiy kvotaga qabul tugaganidan so‘ng va maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinadi.