Qashqadaryoda fuqaro aka-ukani o‘roq bilan jarohatladi

Fuqaro o‘zaro janjal tufayli ikki hamqishlog‘ini o‘roq bilan jarohatlagan.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Qashqadaryoda fuqaro aka-ukani o‘roq bilan jarohatladi.

Qaynota kuyovini o‘roq bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

IIV xabariga ko‘ra, 5-iyul kuni Yakkabog‘ tumanida yashovchi 31 yoshli E.B. Surnaytepa qishlog‘idagi zovur oldida o‘zaro janjal tufayli hamqishloqlari 27 yoshli M.K. va uning 25 yoshli ukasini o‘roq bilan jarohatlagan.

Natijada olingan jarohat sababli aka-ukalar kasalxonaga yotqizilgan.

Xabarda hozir jinoyatchi qo‘lga olingani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.