NASA apparati Marsda bo‘lmagan - ufolog olimlar

Olimlar NASA fotosuratlarida "Mars osmonda" uchib o‘tayotgan burgut va boshqa hayvonlarni topishdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Bir guruh ufologlar Curiosity marsoxodi hech qachon marsda bo‘lmaganini va NASA tarqatayotgan go‘yoki Marsda olingan fotosuratlar aslida Kanadaning  Devon orolida suratgan olingan, deb da’vo qilishmoqda.

NASA Marsda kartoshka yetishtirmoqchi

Bu haqida “Izvestiya” nashri Naked Science portaliga asosan xabar qildi.

Ufologlar bunday xulosaga kelishiga go‘yoki Marsda “olingan” fotosuratda Yer sharida uchraydigan hayvonlaring paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Xususan, olimlar NASA fotosuratlarida osmonda uchib o‘tayotgan burgutni ko‘rishgan.

Shundan so‘ng amerika kosmik agentligi oldin tarqatgan mars fotosuratlari jiddiy o‘rganib chiqib u yerda yana bir necha Yerda uchraydigan hayvonlarni va mars peyzajining Devon oroli manzaralariga juda ham o‘xshashligini aniqlashgan.

“Bunday fotosuratlar Marsda hayot borligini aks ettiradi  yoki marsoxod Devon orolida turibdi, NASA esa - butun dunyoni axmoq qilmoqda”, - deydi ufolog Skott Uoring.

Keyinroq ushbu fikrga boshqa olimlar ham qo‘shilishdi. Ularning fikriga ko‘ra marsoxod Curiosity  hech qayerga uchib ketmagan va o‘z “missiyasini” Kanadaning kimsasiz “Devon” orolida                                                       

Ufologlar fikriga ko‘ra, NASA 1964-yildan buyon Mars missiyasi uchun  120 milliard AQSh dollari sarf qilgan. Soliq to‘lovchilar oldida o‘z xarajatlarini oqlash uchun ular Curiosity apparati go‘yoki Marsda bo‘lgani va u yerda suratlar olganini sahnalashtirishgan.