Toshkentda triatlon bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Ishtirokchilar basseynda suzish, maxsus sport inventarlarida yugurish va velopoyga mashqlarini bajarishdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Toshkentda ilk bor “BEFIT INDOOR TRIATHLON” triatlon bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

O‘zbekiston prezidentining kenja kuyovi yangi lavozimga saylandi

Xabarda aytilishicha, ishtirokchilar musobaqada basseynda suzish, maxsus sport inventarlarida yugurish va velopoyga mashqlarini bajarishdi.

Musobaqada quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi:

Erkaklar:
1. Semon Shadrin, 2. Aleksandr Massel, 3. Timur Jangirov.

Ayollar:
1. Anna Romanika, 2. Irina Sheyna, 3. Ramilya Xalikova.