Putin Gruziyaga qarshi sanksiya qo‘llashga qarshi chiqdi

Rossiya parlamentining quyi palatasi Gruziyaga nisbatan cheklovlarni qo‘llash tashabbusi bilan chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Vladimir Putin Gruziyaga nisbatan sanksiyalar kiritilishiga qarshi chiqdi.

U erkak emas - Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist haqida

"<...> Men buni aynan Gruziya xalqiga hurmat tufayli qilmagan bo‘lardim”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Bundan avval Rossiya parlamentining quyi palatasi cheklovlarni qo‘llash tashabbusi bilan chiqdi. Bunga “Rossiyaga qarshi provokatsiya to‘xtamayotgani” sabab bo‘ldi.

Moskva va Tbilisi munosabatlarida murakkab vaziyat kechmoqda. Yaqinda Gruziyada hukumat va Rossiyaga qarshi namoyishlar boshlandi. Bu mamlakatlar o‘rtasida avia qatnovlar to‘xtatilishiga olib keldi.  

Yakshanba kuni Gruziyaning “Rustavi-2” kanali boshlovchisi Georgiy Gabuniya o‘z dasturida Rossiya prezidenti va uning ota-onasini haqorat qilgandi.

Bu nojo‘ya harakat yuzasidan Gruziyada prezident, bosh vazir va TIV mansabdorlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o‘z fikrlarini bildirishdi.