Olimlar mushaklarni o‘stirishga yordam beradigan mahsulotni aniqlashdi

Germaniyalik olimlar tadqiqotga 46 kishini jalb qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik.Berlin universiteti olimlari ismaloq (shpinat) mushaklarni o‘stirishiga yordam berishini aniqlashdi.

Sut qanday jiddiy kasalliklardan himoya qiladi - tadqiqot

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sabzavotlarda tabiiy doping bor – eksdisteron, fisteroid.

Tadqiqotlardan birida ismaloq iste’mol qilgan ishtirokchilarning mushaklari kattalashib, kuchi ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.

Olimlar tadqiqot davomida 46 kishini o‘rganishdi. 10 hafta davomida bir guruhga turli miqdorda ismaloq ekstrakti berib borilgan, boshqalarga esa bu sabzavot ko‘rinishida bo‘lgan modda (platsebo) berilgan. Bunda odamlar oddiy yerdan ko‘tarilish (otjimanie) mashqini bajarishgan.

Tadqiqotda qatnashayotgan odamlar qaysi guruhga kirishini bilmagan. Tadqiqot yakunida bir guruh a’zolarida mushaklar sezilarli darajada kattalashgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan keyin olimlar ekdisteron moddasini doping ro‘yxatiga kiritilishini talab qilishdi. U turli mineral, vitamin va oqsillarga boy.